O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifi davomida "Termiz" xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishdi.
"Xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari bilan birgalikda Surxondaryo viloyatiga borib, hududning ulkan iqtisodiy salohiyatini muhokama qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Afg'oniston chegarasida joylashgan "Termiz xalqaro savdo markazi" nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo ishbilarmonlari uchun savdo rivojiga xizmat qiladigan o'ziga xos xab bo'lishi shubhasiz".
Alpha version: 0.9.1.19 build 103015 | Инструменты