Huawei 1
O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2024-2025-yillarga mo'ljallangan Maslahatlashuvlar dasturi imzolandi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda ko'plab sohalardagi hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi. Tomonlar ishbilarmon doiralar o'rtasidagi to'g'ridan to'g'ri muloqotni mustahkamlashga ko'maklashish va iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga kelishib oldilar.

Muzokaralar davomida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2024-2025-yillarga mo'ljallangan Maslahatlashuvlar dasturi imzolandi.

Eslatib o'tamiz, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 11-12-aprel kunlari ilk rasmiy tashrif bilan Minskda bo'lib turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты