Huawei 1
O'zbekiston va Keniya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Keniya Bosh vaziri va tashqi ishlar va diaspora ishlari bo'yicha vaziri Musaliya Mudavadi bilan uchrashdi.

"Keniya Bosh vaziri va tashqi ishlar va diaspora ishlari bo'yicha vaziri Musaliya Mudavadi janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Birgalikda mamlakatlarimiz o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risida Kommyunike imzoladik. Keniya Afrikaning eng dinamik iqtisodiyotlaridan biri va texnologiya hamda innovatsiyalar markazi sifatida jadal taraqqiyot namoyon etmoqda.

Biz ikki xalq manfaatlariga bevosita foyda keltiradigan samarali hamkorlik imkoniyatlarining keng doirasini muhokama qildik".

Keniya O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan 164-davlat bo'ldi. 2025-yil 10-sentyabr kuni O'zbekiston Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Lyusiya orol davlati bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92018 | Инструменты