Huawei 1
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ochiq muloqotda korrupsiya holatlari haqida gapirgan tadbirkor ustidan Ichki ishlar vazirligiga shikoyat kiritdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi maʼlum qilishicha, 29-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda o‘zini bir nechta kompaniya rahbari sifatida tanishtirgan Usmonjon Abdusamadov “Toshkentda bitta uy uchun 200 ming dollargacha xarajat bor” degan bayonoti orqali asossiz maʼlumot tarqatib, jamoatchilikda salbiy fikr uyg‘otgan. Shu bois vazirlik tadbirkorga nisbatan tegishli choralar ko‘rishni so‘rab, Ichki ishlar vazirligiga rasmiy ariza kiritgan.

“Mazkur maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarni keltirib chiqardi. Natijada qurilish sohasida respublika miqyosida olib borilayotgan islohotlarga, soha vakillari hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga nisbatan salbiy munosabat shakllanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, vazirlik va uning tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazmoqda”, deyiladi vazirlik rasmiy bayonotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92018 | Инструменты