O'zbekiston elchisi Timur Rahmonov Latviyaning yangi tayinlangan transport vaziri Atis Shvinka bilan uchrashdi.
Muloqot chog'ida O'zbekiston-Latviya ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va transport-logistika hamkorligini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Latviya tomoni O'zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkori sifatida ko'rishini ta'kidladi. Shuningdek, mamlakatlarimiz o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgani va ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi oshganini urg'ulandi.
– Rasmiy Riga transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor, – dedi vazir Atis Shvinka. – Latviyaning O'zbekistondagi elchixonasida transport masalalari bo'yicha attashe lavozimi ochilgani buning tasdig'idir. Biz o'zbekistonlik eksportyorlar va mamlakatlarimiz port infratuzilmasi o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga, shu jumladan, preferensiyalar berish masalalarida ko'maklashishga tayyormiz.
Uchrashuv davomida, shuningdek, "Uzbekistan Airways"ning Toshkent-Riga yo'nalishi bo'yicha parvozlari sonini oshirish, aviakompaniyalar o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Osiyo yo'nalishida qo'shma reyslarni ishlab chiqish, elektron tijoratni faollashtirish va mamlakatimizda Latviya pochtasi vakolatxonasini ochish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82116 | Инструменты