O'zbekistonning Hindistondagi elchixonasi huzuridagi 52-saylov uchastkasida mahalliy vaqt bilan soat 20.00 da (Toshkent vaqti bilan 19.30) yurtdoshlarimiz tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ovoz berish jarayoni yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Saylovda Hindistonda vaqtincha bo'lib turgan fuqarolarimiz, xususan, yoshlar, xizmat safarida bo'lib turgan mutaxassislar, tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan, turli shifoxonalarda davolanish kurslarini o'tayotgan yurtdoshlarimiz faol qatnashdi.
Ular diplomatik vakolatxonasiga kelib, konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda mamlakatimizning munosib kelajagi uchun ovoz berdi.
Qonunchilikka binoan, uchastka saylov komissiyasi raisi va a'zolari ovoz berish qutisini ochib, ovozlar sonini hisoblashga kirishdi.
Saylov yakunlari haqidagi ma'lumot mamlakatimiz Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты