Huawei 1
Poʻlat Bobojonov Minsk shahrida MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining yigʻilishida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining yigʻilishida ishtirok etdi.

Yigʻilish doirasida MDHga aʼzo davlatlarning ichki ishlar vazirlarini Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko qabul qildi.

Uchrashuvda xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, kiberxavfsizlik, noqonuniy migratsiya va turistlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91010 | Инструменты