Huawei 1
Pokiston O‘zbekiston bilan ziyorat turizmi yo‘nalishida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

Turizm qo‘mitasi O‘zbekistonga chet ellik sayyohlar oqimini ko‘paytirish va mamlakatning turistik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha doimiy ish olib bormoqda. Pokiston esa bu yo‘nalishda katta  bozor hisoblanadi. Shu bosidan ham O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Road shou”  Pokistonning Lahor va Karachi shaharlaridan so‘ng,  poytaxt Islomobod shahrida ham davom etdi. Unda ikki mamlakat turistik kompaniyalari vakillari, sayyohlik hamda turizm sohasida faoliyat yurituvchi ishbilarmon doiralar, diplomatik korpus vakillari  sayyohlar sonini oshirish, tur paketlari ishlab chiqish, soddalashtirilgan viza masalalari bo‘yicha fikr almashib, o‘z takliflarini bildirishdi. 

Tadbir doirasida “O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi” taqdimoti namoyish etildi. Bu tarixiy va qadimiy yo‘l nafaqat ikki mamlakatni savdo orqali bog‘lab turgani, balki qardoshlik, do‘stona  aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qilganligi taʼkidlandi.

So‘zga chiqqan Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev (C5227) so‘nggi yillarda o‘zbekistonning turizm imkloniyatlari sezilarli ijobiy tomonga o‘zgargarayotganligini, sayyohlarning mamlakat hududiga kirish va  sazovor tarixiy shaharlarida sayyohat qilishlari uchun sharoitlar  kengayyotganini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek,  ikki davlatdagi turizm yo‘nalishida taʼlim beruvchi oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish takliflarini ilgari surdi.

Pokiston tomoni   bu tashabbuslarini qo‘llab quvatlagan holda, birgalikda qo‘shma sayyohlik tur paketlari ishlab chiqish kerakligini bildirishdi. Har ikki mamlakatda sayyohat qiluvchi fuqarolar uchun shaharlar o‘rtasidagi transport, mehmonxona va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha birganlikda ishlashga tayyor ekanligini maʼlum qilishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida bayramona dastur tashkil etildi. Unda o‘zbek milliy qo‘shiq va raqslari ijro etildi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты