Huawei 1
Popda asal ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxona tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Namangan qulay iqlim sharoitiga ega, bu yerda azaldan meva-sabzavotchilik rivojlangan.

Lekin, meva-sabzavot eksporti mavjud imkoniyatga mos emas. Agar ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, eksportni 3-5 barobar oshirish mumkinligi taʼkidlandi.

Shu munosabat bilan meva-sabzavot eksportini ko‘paytirib, eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Dehqonlarga berilgan 18 ming gektarga karantin inspektorlari bog‘lanib, eksportbop mahsulotlar yetishtirish tashkil etiladi, 54 ming gektarning agrokimyoviy xaritasi ishlab chiqilib, 18 ming gektari “GSP+” talablariga moslashtiriladi.

Viloyatda meva-sabzavotning atigi 8 foizi, go‘shtning 28 foizi va sutning 9,5 foizi qayta ishlanadi.

Kosonsoy va Chortoq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo‘lsa-da, birorta qayta ishlash korxonasi mavjud emas. Mingbuloq, Norin, Chortoq va Popda meva-sabzavot va sut, Namangan va Chortoqda go‘shtni qayta ishlash quvvati yetishmaydi.

Yil yakunigacha meva-sabzavotni qayta ishlash yo‘nalishida 62 ta loyihani ishga tushirish, Kosonsoy va Popda yirik chorvachilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Popda asal ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonani tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110709 | Инструменты