Huawei 1
Prezident Administratsiyasining ijro etuvchi apparatida 4 ta tayinlov amalga oshirildi

Bugun, 26-avgust kuni Prezidentning tegishli farmoyishiga asosan prezident Administrasiyasi ijro etuvchi apparatida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Unga ko'ra:

1. Rustam Kamilov — Prezident Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shoʻba mudiri;

2. Hikmatilla Ubaydullayev - Prezident Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shoʻba yetakchi konsultanti;

3. Ulug‘bek Normatov - Prezident Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shoʻbasi yetakchi konsultanti;

4. Shoxrux  Xodjayev - Prezident Administratsiyasi kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shoʻba yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʼyicha maslahatchisi Аbdujabbor Аbduvohidov lavozimidan ozod etilib, uni o'rniga Odil Аbduraxmanov ushbu lavozimga tayinlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62709 | Инструменты