Huawei 1
Prezident: Namangan universitetida o‘zgarish qilish vaqti keldi

O'zbekistonda infarkt va insult asorati oqibatida faol hayoti cheklangan aholini tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya bilan to‘liq qamrab olish muhimligi qayd etildi.

Bu boradagi ishlarni yaxlit tizim asosida tashkil qilishga ko‘rsatma berildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga insult va jarrohlik amaliyotidan so‘ng reabilitatsiya qilish bo‘yicha yagona milliy tizim yaratish, televideniye, radioda sog‘lom turmush, to‘g‘ri ovqatlanish targ‘ibotini kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Viloyatda 6 ta davlat va 3 ta xususiy oliygoh bor. Ular ichida yetakchi bo‘lgan Namangan universitetida o‘zgarish qilish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Universitetdagi 71 ta taʼlim yo‘nalishi 56 taga kamaytirilib, yangi adabiyotlar bilan to‘liq taʼminlanadi. Taʼlim sifatini oshirish uchun o‘quv dasturlari yangilanadi.

Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib o‘qishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110709 | Инструменты