Huawei 1
Prezident O'zbekistonning Pokiston bilan aloqalari yuzasidan yana bir yirik uchrashuvda ishtirok etdi

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga ShHTning navbatdagi davlat rahbarlari yig'ilishida ishtirok etish uchun jo'nab ketgan edi. Shuningdek, ushbu kunda ikkita davlat rahbari bilan uchrashishi kerak edi. 

Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Tojikistondavlat rahabri bilan uchrashuvdan so'ng, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv oʻtkazdi. Kunning qolgan qismida Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara oʻtkazdi. 

Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida oʻtgan sammitida Oʻzbekiston va Pokistonning koʻp qirrali hamkorligini rivojlantirish boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shu yil boshidan ikki tomonlama tovar ayirboshlash 2,5 barobar ortgani, 30 dan ortiq yangi qoʻshma korxona tashkil etilgani taʼkidlandi. Toshkent va Lahor shaharlari oʻrtasidagi aviaqatnovlar tiklandi.

Samarali ishbilarmonlik almashinuvlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish borasida birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi. Eng avvalo, preferensial savdo toʻgʻrisidagi shartnomani tez fursatda qabul qilish, tranzit va savdo munosabatlari toʻgʻrisidagi bitim qoidalarini bajarish, qabul qilingan “yoʻl xarita”siga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.

Uchrashuvda Afgʻonistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60808 | Инструменты