Prezident savdo va qishloq xoʻjaligini ko'zdan kechirish uchun Surxondaryoga ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga joʻnab ketdi.
Ma'lum qilinishicha, ikki kunlik amaliy tashrif davomida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xoʻjaligi loyihalari salohiyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.
Anorchilik va ipakchilik viloyat iqtisodiyotining “drayveri”ga aylanib bormoqda. Safar dasturida ushbu tarmoqlar rivojiga alohida ahamiyat qaratilgani ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122606 | Инструменты