Huawei 1
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi

Latviya tomoni Belarus bilan chegaradagi yagona ochiq nazorat-o‘tkazish punkti bo‘lgan «Grigorovshina»da transport vositalarini rasmiylashtirishni to‘xtatdi. Bu haqda Belarus davlat bojxona xizmati xabar berdi.

«Yuk va yengil mashinalari harakati Belarusga kirishda ham, undan chiqishda ham to‘xtatildi. Maxsus himoya to‘siqlari o‘rnatildi», — deyiladi xabarda.

Bojxona qo‘mitasiga ko‘ra, hozirda ushbu yo‘nalishda tirbandliklar yuzaga kelmagan. «Harakat qayta tiklanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.

Fevral oyida Latviya ichki ishlar vaziri Rixards Kozlovskis respublika fuqarolarini Belarus va Rossiyaga sayohat qilishda tiyilishga chaqirgan edi.

Avvalroq Belarus hukumati Latviya, Litva va Polsha fuqarolarining mamlakatga vizasiz kirishiga ruxsat bergandi. Shundan keyin vizasiz rejim yana 38 ta davlat fuqarolariga nisbatan joriy etildi va u 2025 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi. 2024 yil dekabr ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusda vizasiz rejim kuchga kirganidan beri Latviyadan qariyb 320 ming odam respublikaga borgan.

Belarus bilan chegaradosh Yevropa Ittifoqi davlatlari – Polsha, Litva va Latviya munosabatlarning keskinlashuvi fonida o‘z chegara nazorat-o‘tish punktlarini bosqichma-bosqich yopishni boshlagan. Natijada, Belarus va unga qo‘shni uchta YeI davlati o‘rtasida joylashgan davlat chegarasida 14 ta o‘tish punktidan atigi beshtasi faoliyat yuritmoqda. O‘tish punktlari sonining qisqarishi hamda qo‘shni davlatlar tomonidan transportni izchil qabul qilmaslik chegara punktlarida katta navbatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31712 | Инструменты