Huawei 1
Prezident uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

O‘zbekiston prezidentining 2025-yil 27-martdagi qarori bilan uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi.

Bular:

- 2024-yil 23-sentyabr kuni Nyu Yorkda imzolangan O‘zbekiston bilan Portugaliya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

- 2024-yil 24-sentyabr kuni Nyu Yorkda imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Slovakiya hukumati o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

- 2024-yil 27-sentyabr kuni Toshkentda imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Hindiston o‘rtasida ikki tomonlama investitsiya bitimi.

Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40221 | Инструменты