Huawei 1
Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Samarqandga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 2-aprel kuni Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen mazkur sammitda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Yevropa komissiyasi Prezidenti o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81800 | Инструменты