Huawei 1
Prezident vodiyga har kuni bo‘ladigan avia reyslarni ko‘paytirishni topshirdi

Mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini keskin o‘sishi uchun transport sohasida imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Transport vazirligiga bayram kunlari avia va temir yo‘l reyslari sonini 2 barobar oshirish, Namangan yoki Farg‘onaga uchish grafigini qayta ko‘rib chiqib, vodiyga har kuni bo‘ladigan avia reyslarni ko‘paytirish topshirildi.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Namanganni Buxoro va Samarqand bilan bog‘lovchi temir yo‘l reyslari, “Namangan-Pop-Chodak” yo‘nalishida har kuni ekspress yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yig‘ilishda sanoat va investitsiya masalalari ko‘rib chiqildi.

Namangan sanoat zonalari bo‘yicha namuna bo‘lgani – so‘nggi yillarda viloyatda 72 ta kichik va yoshlar sanoat zonalari ishga tushgani qayd etildi. Shu bilan birga, Namangan shahri, Namangan, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlaridagi 16 ta sanoat zonasida qo‘shimcha loyiha joylashtirish imkoniyati bor.

Tadbirkorlar ham xorijiy va mahalliy sarmoya kiritish tashabbusi bilan chiqqan. Bunga qo‘shimcha ravishda mahalliy 7 ta yirik loyihaga Sanoat jamg‘armasidan 37 million dollar ajratish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110709 | Инструменты