Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha hujjatlar taqdim etilmoqda
Bugun, 31-may kuni O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga ushbu partiyalar tomonidan prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat etdi va qonunchilikda belgilangan hujjatlarni topshirdi.
Xususan, siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, majlis bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52412 | Инструменты