23-25-may kunlari CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar majmuasida “Uzbek Jewellery Fair - 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbir Ozbekiston zargarlik sanoati uyushmasi va “O’zMilliy bank” AJ bilan hamkorlikda sohaga qaratilgan strategik ahamiyatga ega islohotlar, investitsion imkoniyatlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa'y-harakatlarning amaliy ifodasidir. Mamlakatimizda ikkinchi marta o’tkazilayotgan ko’rgazmaning asosiy maqsadi ham – zargalik sanoatini yangi bosqichga olib chiqish.
Ko‘rgazma doirasida 100 ga yaqin taniqli mahalliy brendlar va xorijiy kompaniyalar o‘z mahsulot va yechimlarini namoyish etadi. Ishtirokchilar orasida taniqli mahalliy brendlar, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon hamda Armaniston kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan mashhur kompaniyalar ham mavjud.
Ko‘rgazma-savdoda zargarlik mahsulotlari ulgurji narxlarda taqdim etilmoqda.Tadbirning tantanali ochilish marosimida zargarlik sohasidagi muhim ko’rsatkichlar qayd etildi. Joriy yilning o’zida O'zbekistonda 4300 kg zargarlik buyumlari ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 164,8% o‘sishni tashkil etdi. Mahsulotlarning eksporti 57 mln AQSH dollariga yetib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 211% o‘sishni anglatadi.
"O‘zbekistonda so’nggi 4-5 yil ichida juda qulay sharoitlar yaratildi. Bu yerda MDH hududida qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish, sotish va erkin aylanishi uchun eng yaxshi va qulay sharoitlar mavjud. Bu juda yaxshi jamoaviy ishlarning natijasi. Biz qo‘shnilarimiz bilan faxrlanamiz", dedi Qirg’iziston Respublikasi Zargarlar uyushmasi raisi Salbek Axmatov.Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan bir qatorda ko’rgazmada 25 ta asbob-uskuna va texnologiya provayderlari o’z mahsulotlari va innovatsion yechimlarini namoyish etmoqda. Lekin shunda ham qo'l mehnati tarafdorlari topilmoqda.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar o‘rtasida biznes uchrashuvlar va B2B muzokaralar o’tkazilib, hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. Bu tadbir poytaxtimizdagi CAEx expo markazida 25-maygacha davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52418 | Инструменты