Huawei 1
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Qirg‘iziston prezidenti davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Qirg‘iziston prezidentining yaqinda O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar to‘plamini, shu jumladan qo‘shma "yo‘l xaritasi" asosida o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31509 | Инструменты