Huawei 1
Qozog‘iston prezidenti Ostonada Saida Mirziyoyevani qabul qildi

Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik hamkorlik munosabatlariga to‘xtalib o‘tgan Qosim-Jomart Toqayev prezident administratsiyalari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish orqali yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Axborot-mafkuraviy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezident Ostonada “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yini o‘tkazilishni qo‘llab-quvvatladi va bunday tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasida madaniy yaqinlashuvda muhim rol o‘ynashini taʼkidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70700 | Инструменты