Qudratjon Yusupov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi

Qudratjon Yusupov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Qudratjon Yusupov 1980-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan.

U 2002-yili Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (bakalavr), 2008-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (magistratura)ni  tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkent viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72704 | Инструменты