Huawei 1
26-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshdi

Joriy yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan.

Soliq qarzdorligini hisobdan chiqariladigan holatlar ro‘yxati kengaytirilmoqda

Soliq qo‘mitasining “Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Farg‘ona tumaniga kuchli sel keldi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida jabrlanganlar bo‘lmadi, biroq, ba’zi uy-hovlilar va ko‘chalar qum-shag‘alga to‘ldi.

O‘zbekistonda 27-oktyabrda deputatlik saylovi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi.

Toshkent viloyatida 900 mln so‘mlik psixofaol dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bazasini tark etdi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini vaqtinchalik tark etdi.

Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

"Anhor" parkida rejalashtirilgan "lenta-shou" bekor qilindi

Toshkentdagi "Anhor" parkida osmondan lentalar yog‘ilishi haqida video tarqaldi. Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holatni o‘rgandi.

Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilandi

Qayd etilishicha, deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilar o‘zlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa, proporsional tizim bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.

O'zbekistonlik o'quvchilar Singapurdagi xalqaro matematika olimpiadasida 7 ta oltinni qo'lga kiritdi

Shuningdek, boshlang'ich va o'rta maktab o'quvchilaridan iborat yosh bilimdonlar jamoasi 9 ta kumush va 16 ta bronza medallariga ham ega chiqdi.

O‘zbekistondagi doimiy aholi soni maʼlum qilindi

Aholining qariyb 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning shahar aholisi soni 18,9 million kishini, qishloqlardagi aholisi 18,2 million kishini tashkil etadi.

DXX: Hududlarda giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent kanallari va suv omborlaridagi suv sifati o'rganildi

2024-yil 23-iyuldagi olingan namunalarga ko‘ra, Toshkentdagi Bo‘zsuv, Anxor, Bo‘rijar, Salar va Qorasuv kanallaridagi suv sifati o‘rtacha ifloslanganligi aniqlandi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tender savdolarida qonun buzilishi aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi YHXBBning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonunbuzilish holatini aniqladi.

Timur Kapadze: Raqibimizning kuchli tomonlari va imkoniyatlarini yaxshi bilamiz

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ertangi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Markaziy bank 7−8 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini bekor qildi

Bu aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tish uchun hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liqligi aytildi.

O‘zbekistonda elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarish taklif etildi

O‘zbekistondagi avtomobil bozori “haddan tashqari to‘yingan va qizib ketgan”, shuning uchun ADM Jizzakh bosh direktori Doniyor Davletyarov jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solishni taklif qildi.

Uchtepada quvurlar yorilishi oqibatida suv toshdi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Aziz Naimovning ma’lum qilishicha, 5- va 9-qozonxona magistral quvurlari bosim ostida tekshirilayotgan vaqtda quvurlar yorilgan.

Toshkentda yo’l harakati qoidasini qo’pol buzgan avtobus haydovchisi ishdan olindi

Shuningdek, qoidabuzarlik chog’ida nafaqat o’zining balki boshqa yo’l harakati ishtirokchilarining ham hayotini xavf ostiga qo’yganligi sababli uni haydovchilik guvohnomasidan maxrum qilish yuzasidan Jinoyat ishlari sudiga maxsus taqdimnoma kiritildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90801 | Инструменты