Huawei 1
Rossiya prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

27-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O'zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90422 | Инструменты