Huawei 1
Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklif etildi

Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklif etildi. “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” partiyasi raisi Sergey Mironov tegishli taklifni ilgari surdi.

Mironovning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimining joriy etilishi nafaqat milliy xavfsizlikni mustahkamlashga, balki “Rossiya va janubiy qo‘shnilari o‘rtasidagi chinakam manfaatli hamkorlikka” ham xizmat qiladi.

"Fraksiya migratsiya jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni taklif qilmoqda, biroq biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishdan boshlashimiz kerak. Busiz chegarada tartib bo‘lmaydi, hozirda bu migratsiyani tartibga solish va terroristik hujumlarga qarshi turish uchun juda muhimdir!" — ta’kidladi Sergey Mironov.

Shuningdek, u vizasiz rejimning bekor qilinishini hech qanday holatda qo‘shnilarga nisbatan nodo‘stona ishora sifatida qaramaslik kerakligini aytib, bu ularning tushunishiga bog‘liqligini ta’kidladi.

"Rossiya keskin harbiy qarama-qarshilikka tortilganini hamma ko‘rib turibdi. Dushmanlarimiz chegaralarning ochiqligidan foydalanib, qo‘shni davlatlardan mamlakatimizga qarshi qo‘poruvchilik harakatlarini tayyorlashda tramplin sifatida foydalanmoqda. 

Albatta, bu hududida terrorchilar va turli ekstremistik unsurlar to‘planib qolgan qo‘shnilarimizga ham tahdid solmoqda. Shu bois vizasiz rejimning bekor qilinishi butun Yevrosiyo makonida xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qadamdir", — deya xulosa qildi Mironov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110709 | Инструменты