Huawei 1
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Prezident farmoni bilan Ruslanbek Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.  

Shu munosabat bilan u Adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Ruslanbek Davletov 1980-yil 1-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti — oliy, huquqshunos, iqtisodchi.

2001-yil Buyuk Britaniyaning Varvik universiteti, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura), 2007-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2010-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati 

Mehnat faoliyatini 2001-yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida yetakchi mutaxassis sifatida boshlagan. 

Keyinroq mazkur qo‘mitada bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. 2004−2012-yillarda Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2012−2014-yillarda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud tizimi mustaqilligini taʼminlash tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari va direktor v.b, 2014−2016-yillarda — Prezident devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish shu’basining mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2016-yil sentabridan 2017-yil yanvarigacha Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 

Prezidentning 2017-yil 4-yanvardagi Farmoni bilan Davletov Ruslanbek Quroltaevich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha Davlat maslahatchisining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

2017-yil 14-sentabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-yil 2-iyundan O'zbekiston basketbol federatsiyasi prezidenti vazifasini ham bajarib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12012 | Инструменты