Shu yilning 14-16-may kunlari qadimiy Samarqand shahrida Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha Texnik hamkorlik dasturi milliy koordinatorlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.
Tadbir O'zbekiston Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi ko'magida tashkil etiladi.
Yig'ilish MAGATE texnik hamkorlik dasturida ishtirok etuvchi mamlakatlar o'rtasida tajriba almashish, ustuvor yo'nalishlarni muhokama qilish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun asosiy platforma hisoblanadi. Milliy koordinatorlar Agentlik va texnik loyihalar va dasturlarni amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan milliy tuzilmalar o'rtasidagi eng muhim bo'g'in sanaladi.
Samarqandda bo'lib o'tadigan anjuman milliy koordinatorlar yig'ilishlarini o'tkazish an'anasini davom ettiradi. O'tgan yillarda bunday tadbirlar Tojikiston, Turkiya, Xorvatiya va Gretsiyada o'tkazilgan.
Ishtirokchilar uch kun davomida hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari, amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi muhokama qiladilar, sheriklik aloqalarini rivojlantirish va texnik yordam dasturlari natijalarini oshirish bo'yicha strategik yondashuvlarni ishlab chiqadilar. Samarqand uchrashuv nafaqat mintaqada texnik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo'ladi, balki turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilarga O'zbekistonning madaniy merosi va ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanishish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42815 | Инструменты