Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Ilzat Kasimov “Xinjiang New Vision Investment Development Company” boshqaruvi raisi Van Chjiyong va Envision Energy kompaniyasi rahbari Chjan Xuan bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatida 300 gektar maydonda yirik ilmiy-texnologik sanoat parki barpo etish loyihasi muhokama qilindi. Ushbu park doirasida ilmiy-tadqiqot va logistika zonalarini tashkil etish, shuningdek, turli sohalarda 12 ta yirik investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu tashabbus innovatsion texnologiyalar almashinuvini faollashtirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Xinjiang New Vision Investment and Development Company Urumchi iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasida joylashgan. Strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ishlab chiqarish zonalarini boshqarishda katta tajribaga ega.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32609 | Инструменты