Huawei 1
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o'z ishini boshladi

Samarqandda davlat boshqaruvi sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri – BMT Davlat xizmati forumi (UN Public Service Forum 2025) o'z ishini boshladi.

BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Strategik islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirga O'zbekiston ilk bor mezbonlik qilmoqda.

Forum 23-25-iyun kunlari bo'lib o'tadi va unda Yevropa, Osiyo, Afrika hamda Lotin Amerikasining o'nlab mamlakatlaridan vazirlar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik sektori va biznes vakillaridan iborat rekord darajadagi ishtirokchilar soni qayd etilishi kutilmoqda.

Anjuman – "2030-yilgacha besh yil: barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni jadallashtirish" asosiy mavzusida tashkil etildi. 

Forum dasturidan yalpi majlislar, mavzuga oid munozaralar, muvaffaqiyatli amaliyotlar taqdimotlari va davlat boshqaruvidagi yangi yondashuvlarga bag'ishlangan strategik muzokaralar o'rin olgan.

2003-yildan buyon ushbu forum AQSh, Avstriya, Tanzaniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda bo'lib o'tgan. 2025-yilda esa Samarqand davlat xizmati kelajagi haqidagi global muloqot uchun yangi markaziga aylanishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62315 | Инструменты