O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor O'ktamovich Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimida 2022-yilning iyulidan buyon ishlab kelayotgandi.
Undan avval, 2019-yil 28-yanvardan bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42320 | Инструменты