Huawei 1
Saylovchilarning qariyb 32 foizi ovoz berib bo‘ldi

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Shuhrat Jo‘rayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilgi saylovlarda saylov jarayonini boshqarishning avtomatlashgan tizimidagi saylovchilarning elektron ro‘yxatiga 640 ming 182 nafar saylovchi kiritilgan. Ularning 10 ming 163 nafari muddatidan oldin ovoz berdi.  

Saylovchilarning 203 ming 102 nafarini 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etsa, 11 ming 781 nafari birinchi marta ovoz bermoqda. 70 yoshdan yuqori bo‘lgan saylovchilar 31 ming 649 nafarni, nogironligi bo‘lgan shaxslar esa 15 ming 616 nafarni, shundan 5017 nafarini harakatlanishda nogironligi bo‘lgan, 685 nafarini ko‘zi ojizlar, 685 nafarini eshitishda nogironligi bo‘lgan shaxslar, turgan joyida ovoz beruvchilar esa 5988 nafarni tashkil etmoqda.  

Bu yilgi saylovlar yangilangan Konstitutsiya va milliy saylov qonunchiligiga binoan, aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilmoqda.  

“Mening tanlovim – obod Vatanim!” shiori ostida o‘tayotgan saylovlarda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiya va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar raqobatga kirishgan.  

Siyosiy partiyalar tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi.  

Saylov kuni viloyatimizning 18 ta saylov uchastkasida jarayonlar (onlayn) video-translyatsiya qilinmoqda.  

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etyapti. Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda ovoz bermoqda.  

Soat 11:00 holatiga ko‘ra, saylovda qatnashganlar 31,83 foizni tashkil etdi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102716 | Инструменты