Huawei 1
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni maʼqulladi

Senatning 59-yalpi majlisida “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. 

Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov qonunning eski varianti mutaxassislar tomonidan tahlil qilinganda unda takomillashtirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi kerak bo‘lgan normalar mavjudligi aniqlanganini aytdi.

Qonun bilan davlat sirlari sohasida yagona davlat siyosati O‘zbekiston prezidenti tomonidan belgilanishi, davlat sirlaridan foydalanish davlat tomonidan tartibga solinishi, bunda Vazirlar Mahkamasi, DXX hamda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning sohadagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Endilikda davlat sirlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar 4 toifaga bo‘linadi:

- Harbiy sohadagi;

- Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy sohadagi;

- Razvedka va kontr-razvedka, tezkor qidiruv faoliyati va boshqa davlat xavfsizligi yo‘nalishlariga oid;

- Iqtisodiyot, taʼlim va texnika sohalariga oid chegaralangan ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

Qonun bilan davlat sirlaridan foydalanish huquqi 18 yoshga to‘lgan shaxslarga berilishi, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmaganlarga esa ruxsatnoma xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston qonunchiligi talablariga mos kelishi sharti bilan berilishi mustahkamlab qo‘yilmoqda. 

Davlat sirlari bilan ishlash huquqi tugatilgandan so‘ng respublikan xorijga chiqish tartibi davlat sirlarini maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqish hamda davlat organlari va boshqa tashkilot xodimlarining mazkur yonalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv kurslarini tashkil etish masalalari ushbu qonun bilan mustahkamlanmoqda.

Davlat sirlaridan foydalanishga ruxsat rasmiylashtirilgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar va ularning faoliyatlari kafolatlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va ilg‘or texnologiyalarni hisobga olgan holda davlat sirlarini saqlashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish masalalari ham aniq belgilanmoqda. 

Bundan tashqari, maxfiylashtirilmaydigan maʼlumotlar ro‘yxati va ushbu maʼlumotlarni maxfiylashtirish bo‘yicha asossiz qaror qabul qilganlik bo‘yicha javobgarlikni belgilash hamda fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborotlarni davlat sirlariga kiritilishini maʼn etish aniq belgilanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты