Endilikda bojxona organlari xodimlari va ularning oila a'zolariga tibbiy muassasalar bepul xizmat ko'rsatadi.
Oliy Majlis Senatining o'n oltinchi yalpi majlisida “Davlat bojxona xizmati to'g'risida”gi Qonun (yangi tahrirda) ma'qullandi.
Asosiy o'zgarishlar:
- bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bojxona organlarining asosiy vazifalari sifatida belgilandi;
- tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun bojxona organlari xodimlarining javobgarligi oshirildi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq tartib-tamoyillarida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash bo'yicha normalar kiritildi;
- bojxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazorat texnik vositalarini tatbiq etish bojxona organlarining asosiy vazifalari qatoriga kiritildi;
- bank idoralariga inkasso topshiriqnomalari hamda taqdimnomalarini elektron shaklda taqdim etish amaliyoti kiritildi;
- bojxona organlari Prezident tomonidan tashkil qilinishini belgilovchi yangi norma kiritildi;
- bojxona organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarishi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishi chog'ida jismoniy kuch ishlatish, maxsus vosita va o'qotar qurolini foydalanishi shartlari, taqiqlari hamda xodimlarning huquq, majburiyat va javobgarligini belgilandi;
- bojxona organlarining doimiy yashash joyidan uzoqda xizmat qiluvchi xodimlarga ijara kompensatsiyasi to'lash, uy-joyga muhtoj va ko'p yil benuqson xizmat qilgan xodimlarga uy-joy qurish yoki kvartira xarid qilish uchun imtiyozli kredit ajratish haqidagi normalar kiritildi;
- bojxona organlari xodimlari va ularning oila a'zolariga tibbiy muassasalar bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta'minot bilan ta'minlashning huquqiy asoslari belgilandi.
Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e'lon qilingach yuridik kuchga ega bo'ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60121 | Инструменты