Ilmiy darajalar berishda chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi

Prezidentning joriy yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy darajalar berishda quyidagi tartiblar bekor qilinadi:

- chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;

- Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berish;

-  dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o‘tkazish;

- ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilish;

 - dissertatsiya avtoreferatini chop etish;

- dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida xulosa olish;

- Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazish;

- himoya qilingan dissertatsiya bo‘yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;

- ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish.

2027-yil 1-yanvardan ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60113 | Инструменты