Huawei 1
Senatda MDH delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 28-oktabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Bosh kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqot davomida S.Lebedev mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy tadbir  —  parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, mehmonlar tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar hamda qonunchilikdagi islohotlar yuqori baholandi.

Davlatimizning MDH tashkiloti va unga aʼzo mamlakatlar bilan faol muloqoti hamda tashabbuslar bilan ishtirok etishi qayd etilib, kelgusida ham iqtisodiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102902 | Инструменты