Huawei 1
Senatda Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qildi va o‘zaro aloqalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yuqori baholab, mamlakatimiz rivojlanishi barcha turkiy davlatlar va islom olami uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha turkiy tilli davlatlar parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shuningdek, TurkPA doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102622 | Инструменты