Huawei 1
Senatda YEXHT vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva YEXHT maxsus koordinatori Azay Guliyev va YEXHT Parlament Assambleyasi missiyasi rahbari Sarkis Xandanyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xalqaro standartlar va meʼyorlarga to‘liq mos keladigan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini yuqori baholadi.

Uchrashuvda qonun ijodkorligi faoliyatidagi tizimli islohotlar, mamlakatimizda alohida qo‘llab-quvvatlanayotgan gender tenglik va yoshlar siyosati masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, global migratsiya jarayonlari sharoitida aholi bandligini taʼminlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar muhokama qilinib, bu jarayonda O‘zbekistonning yetakchi tashabbuskor roli alohida eʼtirof etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102622 | Инструменты