Huawei 1
Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi noma’lum muddatga ko‘chirildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar berdi Rossiya TIV matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Moskva va Toshkent ikki davlatning "har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini" mustakamlash maqsadida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.

"Ish jadvalidagi o‘zgarishlar sababli, Sergey Lavrovning 28-29 oktyabr kunlari Toshkentga rejalashtirilgan tashrifini boshqa muddatga kechiktirishga kelishib olindi", — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты