Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

6-noyabr kuni Bishkek shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi ko‘lami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Oktyabr oyida Qo‘qon shahrida birinchi Hududlar forumi o‘tkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qo‘shma madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar. Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110614 | Инструменты