Huawei 1
Putin muhojirlarning til bilish darajasi bilan bog‘liq muammoni hal etishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda mehnat muhojirlarining rus tilini bilish darajasini aniqlash qoidalari va ularning farzandlari bilan til o‘zlashtirish bo‘yicha algoritm ishlab chiqish zarurligini ma’lum qildi.

“Til bilish darajalarini ish bilan ta’minlashdagi real ehtiyojlarni, kundalik hayotda muloqot qilishda – kasbiy talablarni, ijtimoiy va madaniy xulq-atvor normalarimizni hisobga olgan holda aniqlash va mustahkamlash zarur. Jumladan, rus tilini bilmaydigan yoki yaxshi bilmaydigan muhojirlarning farzandlari bilan ishlashning yagona federal algoritmini ishlab chiqish lozim”, dedi u.

Joriy yil 29-oktyabr kuni Davlat dumasi migrantlar bilan bog‘liq bir nechta qonun loyihalarini qabul qilgan edi, ulardan biri chet elliklarni rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha testdan o‘tkazish bilan bog‘liq.

Hujjat vositachilarga migrantlar uchun imtihonlarda qatnashishni taqiqlaydi. Tegishli sertifikat berish huquqi faqat hukumat tomonidan belgilangan ro‘yxatga kiritilgan tashkilotlarga berish rejalashtirilmoqda. Ilgari rasmiylar tijorat tuzilmalariga jarayonda ishtirok etishni taqiqlagan edi.

Rossiya IIV 66 ming xorijlik rus tili imtihonidan o‘ta olmaganini ma’lum qilgan. Bu imtihonda qatnashgan yoki topshirmoqchi bo‘lganlar umumiy sonining chorak qismini tashkil etadi.

“Yana 7,5 ming kishi test sinovlaridan o‘tishga umuman ruxsat berilmagan, chunki ular hatto boshlang‘ich bilimga ham ega emas edi”, deya qo‘shimcha qilgan IIV rahbari.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110615 | Инструменты