Huawei 1
Xitoylik harbiylar onlayn tanishuv va qimor o‘yinlari xavfidan ogohlantirildi

Xitoy harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati yosh harbiy xizmatchilarni hushyor bo‘lishga va onlayn tanishuv hamda qimor o‘yinlari saytlarida ro‘yxatdan o‘tishdan saqlanishga chaqirdi.

Xitoy harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati ta’kidlaganidek, beparvolik harbiy xizmatchining o‘ziga tahdid solishi va mamlakat qurolli kuchlarining jangovar samaradorligiga putur yetkazishi mumkin. Bu chaqiriq birinchi navbatda 1990-yildan keyin tug‘ilgan harbiy xizmatchilarga qaratilgan, chunki ular hozirda XXR qurolli kuchlarining asosiy qismini tashkil qiladi va ular, nashrning ta’kidlashicha, asosan internet ta’siri ostida. Nashr turli xil xavfli va firibgar onlayn harakatlar, jumladan, fishing, troyan kabi zararli dasturlar haqida ta’kidlagan.

XXR harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati harbiylarga qurolli kuchlarda xizmat qilish haqida onlayn tarzda oshkor qilmaslikni maslahat bergan, aks holda ular jinoyatchilar uchun “oson nishon” bo‘lib, tuzoqqa tushib qolishlari mumkin.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarga “onlayn do‘st tanlashda diqqat bilan ko‘rib chiqish va masofani saqlash”, “prinsiplarni hech qachon unutmaslik va begonalar bilan behayo aloqalar o‘rnatmaslik” tavsiya etilgan. XXR harbiy-dengiz kuchlari rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, qimor o‘yinlar qaramlikning ortishi va qarzning “tubsiz qa’riga” yetaklaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110614 | Инструменты