Huawei 1
Ruminiyadagi prezidentlik saylovlarida o‘ng nomzod yetakchilik qilmoqda

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, Ruminiyadagi prezidentlik saylovining birinchi turida 95,43 foiz byulletenlar sanab chiqilganidan so‘ng o‘ng qanot siyosatchi Kelin Jorjesku 22,18 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

Jorjesku Yevropa Ittifoqi, NATO va AQSHning Ukrainaga harbiy yordamini tanqid qilgan.

Ikkinchi o‘rinda 20,3% ovoz bilan sotsial-demokrat va mamlakat bosh vaziri Marchel Cholaku turibdi. Uchinchi natijani “Ruminiyani qutqarish ittifoqi” liberal partiyasidan Yelena Laskoni ko‘rsatmoqda (17,94%). Kuchli to‘rtlikni o‘ta o‘ngchi nomzod Jorje Simion 14,18% ovoz bilan yakunladi.

Saylovda jami 13 nafar nomzod ishtirok etdi. Saylovning ikkinchi turi 8 dekabrda o‘tkazilishi belgilangan.

Ruminiyada prezident tashqi ishlar va xavfsizlik siyosatini belgilaydi, qurolli kuchlarning oliy qo‘mondoni hisoblanadi va razvedka xizmatlarini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112517 | Инструменты