Prezident Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga uning ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar izhor etilgan maktub yo‘lladi.
Tabrikda so‘nggi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar, qat’iy siyosiy iroda va oliy darajadagi faol muloqotlar natijasida O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli aloqalar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqilgani qayd etilgan va kelgusida yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarilishiga ishonch bildirilgan.
Ma'lumot uchun, Misrning amaldagi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi prezidentlik saylovlarida jami 39 million 702 ming 451 ovoz to‘plab, ovozlarning 89,6 foizini olgan holda g‘alaba qozondi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты