Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" rahbari Shandor Chani bilan uchrashdi

Rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bankning mamlakatimiz bank-moliya bozoridagi faoliyati 2023-yildan buyon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari avtokreditlashni rivojlantirish va biznes loyihalarini moliyalashtirishga doir qo‘shma dasturlarni olqishladi.

Parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihani tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Toshkent viloyatidagi sanoat parkida Vengriya kompaniyalari loyihalarini ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52104 | Инструменты