Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni O'zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Rossiya mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2024-yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Qabul qilingan dasturiy va reja hujjatlariga muvofiq ikki mamlakat mudofaa idoralari hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12216 | Инструменты