8 oyda 150 dan oshiq davlat xodimi aholi murojaatlarini hal qilib bermagani sabab lavozimidan ozod etildi

Oʻzbekistonda 2026-yil yanvar-avgust oylarida 151 nafar davlat xodimi aholi murojaatlarini hal qilib bermagani sabab lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonalari matbuot xizmati maʼlumot berdi.Tahlil qilinishicha, 8 oyda murojaatlar bilan ishlashda kamchilikka yoʻl qoʻygan xodimlariga chora koʻrish boʻyicha davlat tashkilotlariga 5 ming 486 ta hujjat kiritilgan. Natijada belgilangan vazifasini yetarlicha bajara olmagan 151 nafar shaxs lavozimidan ozod etilgan. Yana 833 nafar xodimga hayfsan jazosi qoʻllangan.

“Shuningdek, 150 nafar xodim maʼmuriy javobgarlikka tortildi va 1335 nafari rasman ogohlantirildi”, deyiladi tahlilda.

Shu jumladan, faoliyatidagi kamchiliklar sabab 89 kishi jarimagan tortilgan, 8 kishining lavozimi pasaytirilgan. Bandlik, mahalla, MIB, sogʻliqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida eng koʻp kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91415 | Инструменты