Sha
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Prezident bugun muhokama qilingan dolzarb masalalar: raqobatbardosh bo‘lish, yangi bozorlarga kirib borish, standart, yangiliklarga o‘qitish, brend yaratish, startaplarni yuzaga chiqarib, ko‘paytirish uchun Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Kichik biznes bilan ishlashga mahalladagi hokim yordamchisi, mahalla bankiridan tortib, banklar, bandlik vaziri hamda Bosh vazir o‘rinbosarlarigacha juda katta tizim safarbar qilingani taʼkidlandi.
Mutasaddilarga, viloyat hokimlariga kichik biznes vakillari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yib, ular ko‘targan tizimli masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Davlat rahbari kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot qildi, ularning fikr va takliflarini tinglab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
“Yangi O‘zbekistonning biznes salohiyatini oshirishda biz sizlarga ishonamiz.
Bir narsadan ko‘ngillaring to‘q bo‘lsin: Prezident doimo sizlarga eng yaqin ko‘makchi, tayanch va suyanch bo‘ladi. Sizlar yangilik qilishdan charchamanglar, men qo‘llab-quvvatlashdan charchamayman.
Shu maqsadda bugun muhokama qilingan, sizlarning hamma taklif va tashabbuslaringiz o‘rin olgan farmonni imzolayman. Ushbu farmonning barcha yengilliklari bugundan qo‘shimcha hujjatlarni kutmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotga kiritiladi”, - dedi prezident uchrashuv yakunida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты