Shavkat Mirziyoyev bugun, 15-dekabr kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining natijadorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning borishi va kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, xorijdagi yetakchi kompaniya va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik loyihalarni ilgari surish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayoni va mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122315 | Инструменты