Huawei 1
31 mingdan ortiq haydovchi mast holda avtomashina boshqargani va tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgani uchun javobgarlikka tortilgan

2024 yil davomida 32 999 nafar shaxsga nisbatan MJtKning 131 va 136-moddalariga asosan 32 723 ta maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati.

MjTKning 131-moddasi transport vositalarini mast holda boshqarishni, 136-moddasi transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashini nazarda tutadi.

Shundan 31 351 nafar shaxsga nisbatan jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish va maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo choralari qo‘llanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21122 | Инструменты