11-fevral kuni Qozog‘iston FVV qutqaruvchilari 24 nafar chet el fuqarosini evakuatsiya qildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Qo‘stanay viloyatida 112 xizmatiga Adayevka qishlog‘idan 30 km uzoqlikda nosozlik tufayli yo‘lovchilari bo‘lgan mikroavtobus harakatlanishni davom ettira olmasligi haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yuborilgan FVV qutqaruvchilari 24 kishini, jumladan, 4 nafar bolani eng yaqin issiqlik punktiga evakuatsiya qilgan. Qutqarilganlar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir, deya aniqlik kiritadi vazirlik.
Shuningdek, aholi punktigacha transport vositasi shatakka olingan holda yetkazilgan. Hech kim tibbiy yordamga muhtoj emas edi, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21121 | Инструменты